Senator Farrux Dadaxodjayev: “Qonunchilikda “qurol” va “o‘q-dori” tushunchalari aks ettirilmagani tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda”

O‘zbekiston 23:24 / 21.06.2019 11949

Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida senator Farrux Dadaxodjayev “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

“Qurol” va “o‘q-dori” kabi tushunchalarning qonunchilikda aks ettirilmaganligi mavjud turli qurollarga ega bo‘lish, ularni olib yurish va saqlash holatlariga to‘g‘ri huquqiy baho berishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, chet davlatlar va respublikamizda qurolning yangi turlari va ularning o‘q-dorilarini keng aylanishi sharoitlarida amaldagi qonun hujjatlarida tegishli yuridik tushunchalar mezoni, ularni muomalaga kiritish asoslari, taktik-texnik xususiyatlari hamda ijtimoiy xavfliligi darajasiga ko‘ra cheklovlar belgilanmagan”,- dedi Dadaxodjayev.

Senator yuqorida qayd etilgan holatlar qurol muomalasi va qurolga ega bo‘lgan tashkilotlar hamda fuqarolarning faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish bo‘yicha yaxlit tizimni yo‘lga qo‘yishga to‘sqinlik qilayotganligini ta'kidlab o‘tdi. 

Ko‘proq yangiliklar: