Moskvada otib o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Jamiyat 15:45 / 08.06.2019 48227

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi T.S.ning 2019 yil 7 iyun kuni Moskva shahar «Koptevo» IIBdan qochishga va politsiya xodimining tabel qurolini qo‘lga kiritishga urinishi chog‘ida otib o‘ldirilganligi to‘g‘risida OAVning tarqatgan xabarlarini tasdiqladi.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda va uning yakunlari yuzasidan protsessual qaror qabul qilinadi.

Elchixona konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: