“Kun hadisi”: “Qaysi biringiz bir yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li bilan tuzatsin...”

Jamiyat 19:11 / 08.06.2019 9404

“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni «Yomonlikdan qaytarish», deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “To‘lqin Akrom o‘g‘li” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov sharhlab berdi.

Video: Youtube

Video: mover.uz Tas-IX)

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qaysi biringiz bir yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li bilan tuzatsin. Agar (qo‘li bilan qaytarishga) kuchi yetmasa, tili bilan qaytarsin. Bunga ham kuchi yetmasa, qalban yomon ko‘rsin. Bu esa imonning eng zaif darajasidir» (Muslim rivoyati).

«Bu esa imonning eng zaif darajasidir». Bundan maqsad ojiz bir kishi qalban yomon ko‘rsa, boshqalarga nisbatan uning imoni eng zaif ekanini anglatmaydi. Balki imonning eng quyi darajasida deganidir. Bu amal imonning yomonlikdan qaytarish xususida eng ustun saviyadagi mevasi (natijasi) qo‘li bilan qaytarishdir. Alloh taolo deydi:

«Ey o‘g‘ilcham, namozni to‘kis ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr qil!»

Tili bilan qaytarishga kuchi yetadigan kishi, unga quloq solmasalar ham vazifasini ado etishi vojib. Huddi salomga alik olmasliklarini bilgan holda ham salom berish lozimligiga o‘xshash.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Agar iloji yetmasa, tili bilan, bunga ham iloji yetmasa qalbi bilan...» so‘zlaridan Qalbi bilan ham iloji yetmasa boshqa narsa qilmasligini vojib qiladimi?» dyegan savol tug‘ilsa, bunga ikki shaklda javob berish mumkin:

1. Bu hadisdan anglashiladigan ma'no «O‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil!» oyati bilan ajratilgan.

2. Hadisda ko‘zda tutilgan buyruq taqiqlangan narsalardan qaytarishga tegishlidir, mustahab bo‘lgan amallardan qaytarish uchun emas.

Sahobiddin Sotimov tomonidan sharhlangan ushbu hadisning hikmati chuqur ma'noga ega. Uni bir bor ko‘rish, tinglash bu mavzuni anglashga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: