4 - 5 iyun o‘tar kechasi masjidlarga tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida va bayram namozi munosabati bilan masjidlar yonidagi ko‘chalar 1 kilometrgacha bo‘lgan radiusda 5 iyun kuni soat 02.00 dan 6.00 gacha berkitiladi.
Toshkent IIBB imkon qadar shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydalanishni va avtomobilda bormaslikni so‘ragan.
“Agar siz o‘z avtomobilingizda borsangiz, qarindoshlaringizga, do‘stlaringizga, qo‘shnilaringizga siz bilan birga borishga taklif qiling”, - deyiladi IIBB xabarida.