ACIBADEM klinikalar tarmog‘ini butun dunyo biladi. Bu yerdagi tibbiy xizmat darajasi ancha yuqori bo‘lib, ko‘plab mamlakatlar bemorlari tomonidan tan olingan.
Shifoxona mutaxassislari xatarli o‘simtalarni davolashning yangi uslublari qatorida zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan saratonni davolash uslubi – tomoterapiyadan foydalanishadi. Nur har bir bo‘limda o‘simtaga qaratiladi, radiatsiya faqat kerakli nuqtaga yo‘naltiriladi, shuningdek, eng chuqur va murakkab yerlarga tusha oladi. Eng muhimi, TomoTherapy qurilmasi orqali tomoterapiyani o‘tkazishda sog‘lom organlarga nurlanishdan ziyon yetmaydi.
Vizualizatsiya texnologiyasidan foydalanish aniqlikni oshiradi va davolashning ishonchligini ta'minlaydi. Sog‘lom to‘qimalarning mustahkam himoyasi yon ta'sirlar sonining kamayishi, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, uzoq yashash imkoniyatini beradi, kasallik qaytalanishi xavfini kamaytiradi. Uch o‘lchamli (3D) rejimda ko‘rgan holda davolashga imkon beradi. Qurilmaning noodatiy tuzilishi hisobiga 360-darajali rejim orqali o‘simtaga to‘xtamasdan ta'sir ko‘rsatish mumkin. Bu esa bir yoki bir necha o‘simtalarni bitta seansda davolashga imkon beradi.
Yuqori tezlik – Tomoterapiyaning eng muhim afzalliklaridan biri. Uning tarkibiga kiruvchi Multileaf Collimator (MLC) tizimi har biri bir qatorda joylashgan pnevmatik, yuqori tezkor, bir-birini berkituvchi «barglar»dan iborat bo‘lib, millisekundda ochilib yopilishi mumkin bo‘ladi. Bu esa qisqa vaqt ichida eng murakkab jarayonlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Tomoterapiya qurilmasining ikkinchi afzalligi – sog‘lom to‘qimani to‘sib qo‘ygan holda nurlanishni bir vaqtning o‘zida bir necha o‘simtalarga yuborish imkonidir. Bunday nurlanish jarayoni ortiqcha nurlanishni to‘xtatadi, shuningdek, asosan bolalarni davolashda muhim bo‘lgan jihatlardan biri hisoblangan kasallikning takrorlanishini minimal darajaga tushiradi.
TomoTherapy yangi qurilmasida VoLO reja tizimi o‘rnatilgan. Bu nurlanish terapiyasini nostandart qo‘llash haqida gap ketganida juda muhimdir. Masalan, tuxumdon, suyak iligi, plevra, ikki tomonlama ko‘krak bezi saratonini nurlantirish.
Agar nurlanish terapiyalari uchun odatiy, yassi panelli detektor joylashgan qurilmalar ikki o‘lchamli va rekonstruksiya qilingan suratlar olishga imkon bersa, Tomoterapiya tizimida o‘rnatilgan kompyuter tomografiyasi detektorlari uch o‘lchamli tasvirni aniq ko‘rsata oladi. Yani olingan tasvirlar 100% aniq va tiniq, xato deyarli bo‘lmaydi.
Klinik qo‘llash haqida yanada batafsil
Tomoterapiya qurilmasidan barcha turdagi nurlanish terapiyalari uchun foydalaniladi, biroq u asosan quyidagi o‘simtalarni davolashda samaralidir:
- bolalardagi o‘simtalar;
- o‘pka o‘simtalari;
- prostata va siydik pufaklari o‘simtalari;
- ginekologik va ko‘krak bezi o‘simtalari;
- ikki tomonlama ko‘krak bezi o‘simtalari;
- bosh va bo‘yin o‘simtalari;
- tomoq va burun bo‘shlig‘i o‘simtalari;
- mezotelioma (o‘pka va qorin bo‘shlig‘i shilliq qavati) o‘simtalari;
- bosh va orqa miya o‘simtalari;
- teridagi o‘simtalar.
Qayd etish joizki, hattoki eng mukammal qurilma ham shifokor bilimi va qobiliyatini talab qiladi. ACIBADEM klinika tarmoqlarining malakali shifokorlari har kuni bemorlar hayoti uchun kurash olib borishadi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 19 uy
Murojaat uchun telefon: (+99895) 144 54 45
Shuningdek, ushbu rasmiy sayt orqali barcha ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru
Reklama huquqi asosida