Joriy yil 30 may kuni “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Tadbir doirasida, Toshkent shahar Sergeli tumani 8-dahasida joylashgan avtobuslar bekati oldida, Yashnobod tumanida yashovchi 49 yoshli D.S. qo‘lida bo‘lgan paketda 3 kg. 147 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.