«Milliy tiklanish» partiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston 16:50 / 22.05.2019 35157

Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi va unda partiyaning yangi rahbari saylandi.

Kun.uz manbasining tasdiqlashicha, endilikda partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» partiyasining palatadagi fraksiyasi a'zosi Alisher Qodirov rahbarlik qiladi.

Alisher Qodirov 1975 yilda tug‘ilgan. 1996 yilda Turkiyadagi Egey universitetini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan) va 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Alisher Qodirov 2017 yilning avgustidan buyon Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatayotgandi.

Bundan avvalroq «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurodov lavozimini tark etgani va «O‘zagrosug‘urta»​ aksionerlik jamiyati rahbari lavozimida ish boshlagani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: