O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalaniladi - Prezident

O‘zbekiston 16:29 / 17.05.2019 8167

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati hokimligida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishi davomida qishloq xo‘jaligida joriy etiladigan innovatsiyalar haqida gapirdi.

«Kecha yaqinda Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi delegatsiya keldi. Ko‘p shartnomalarga qo‘l qo‘ydik. 40ta kompaniya vakillari keldi.

Qo‘shma korxona tuziladi. Ular qishloq xo‘jaligida dron ishlatadi. Biz hozir vertolyot ishlatamiz, lekin bu qimmat.

Dronlarni olib kelib, Andijonda dalalarning tepasiga qo‘yib qo‘yamiz. Hamma hisob-kitoblarni qilib turadi.

Lekin qurilmalarni ishlatish uchun ham aqlli odamlar kerak. Odamlarimiz informatsion texnologiyalarni o‘rganishi kerak. Kelgusi yilda shartnoma qilsak, mutaxassislarni ham o‘qitamiz», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: