Toshkentda sog‘lomlashtirish markazidagi xonadan pullarni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 13:48 / 02.05.2019 3023

Joriy yilning 17 aprel kuni noma'lum shaxs Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi, Bishkent ko‘chasida joylashgan “Sog‘lomlashtirish markazi” murabbiysi N.B. ismli ayolning xizmat xonasidan 3 150 000 so‘m puli va 610 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani A.Qahhorov ko‘chasida yashovchi A.U. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: