Bojxona xodimlari sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Yaqinda “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqarolar Sh.J. va B.R.ga tegishli ikki dona sport sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, sport sumkalari ichida xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 530 million so‘mdan ortiq, jami 1568 quti bioaktiv qo‘shimchalar borligi ma'lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.