AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Oltinchi floti bayonotiga ko‘ra, to‘qnashuv 12 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:46 da, O‘rta Yer dengizida — Port-Said shahri yaqinida (Misr) yuz bergan.
Aviatashuvchi, jumladan, uning dvigatel qismiga shikast yetmagan. Holat bo‘yicha tergov boshlangan.
MarineTraffic servisi ma’lumotlariga ko‘ra, Besiktas-M savdo kemasi Panama bayrog‘i ostida suzgan. Kema Port-Saiddan chiqqan va Ruminiyaning Konstansa portiga ketayotgan bo‘lgan.
«Harri Trumen» aviatashuvchisi oxirgi bir yil ichida Yaqin Sharqdagi operatsiyalarda faol ishtirok etdi. 2024 yil dekabrda u Yaman husiylarining savdo kemalariga hujumlari fonida mintaqaga suzib kelgandi.
Oy oxirlarida esa amerikalik harbiylar Qizil dengiz ustida o‘z qiruvchisini urib tushirgani ma’lum bo‘lgan edi. «USS Harry S Truman aviatashuvchi zarbdor guruhi tarkibidagi USS Gettysburg raketa kreyser tasodifan zarba berib, USS Harry S Truman aviatashuvchisidan havoga ko‘tarilgan F/A-18 Hornet samolyotini urib tushirdi», — deyilgandi xabarda.