2019 yil 27 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani 2-dahasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasida, shu yerning ishchisi D.B., shoxobchaga mijoz sifatida kelgan G‘.X.ning Cobalt avtomashinasi yukxonasidan 2 850 AQSh dollarini o‘g‘irlagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida D.B. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.