Ta'limdagi budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish nazorat qilinadi

Jamiyat 13:34 / 29.04.2019 4841

Xalq ta'limi muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab xalq ta'limi muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi o‘zgardi.
 
Bunday jamg‘armalarga:

• xalq ta'limi muassasalarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar (davlat mulkini ijara berish markazlariga 1%i va elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lovdan tashqari);
• o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta'lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim berishdan olingan daromadlar;
• xalq ta'limi muassasalari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
• yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
• xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
• qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar tushadi.

Bunda hujjatda:

• jamg‘armaga tushgan mablag‘larning yil natijasi bo‘yicha jami summasidan 10%gacha - mazkur muassasa rahbarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltirish;
• tushumlarning 5%i - Xalq ta'limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltirish nazarda tutiladi.
 
Mablag‘lardan maqsadli foydalanish Xalq ta'limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan nazorat qilinadi. Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.
 
Xalq ta'limi muassasalarining rahbarlari va hisobchilari jamg‘arma mablag‘lari to‘g‘ri shakllantirilganligi, ulardan samarali, oqilona va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha shaxsan javob beradilar.
 
Hujjat 23.04.2019 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: