Qashqadaryoda muqaddam sudlangan shaxs bir oylik o‘g‘lini sotayotgan vaqtida ushlandi

Jamiyat 08:08 / 29.04.2019 11516

2019 yil 22 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Jarariq mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan X.U. 2019 yil 17 mart kuni tug‘ilgan o‘g‘lini fuqaro N.N. ismli ayolga 4 mln. so‘mga sotib, kelishilgan pulning 1 mln. so‘mini Xo‘jaguzar mahallasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: