2019 yil 25 aprel kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani O‘rtasaroy ko‘chasida yashovchi M.A. va Yuqori Chirchiq tumani Surakent qo‘rg‘onida yashovchi N.T. O‘rta Chirchiq tumani Mustaqillik mahallasida, mast holda o‘zaro janjal tufayli bir-birlariga pichoq bilan tan jarohati yetkazganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada M.A. va N.T. kasalxonaga yotqizilganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.