Mahallada duv-duv gap bo‘lgan “Qo‘shnilar sayli”

Jamiyat 18:07 / 29.04.2019 13986

Qachon? Qayerda? Kimlar uchun? Hozir sizda mana shunday kutilmagan savollar tug‘ilishi tabiiy. Keling, yaxshisi qo‘shnilarni bo‘lajak uylari hududida to‘plagan ajoyib tadbir haqida batafsil hikoya qilamiz.

28 aprel kuni Toshkentning eng shov-shuvli loyihalaridan biri bo‘lmish “OLMAZOR BUZINESS CITY”da noan'anaviy sayil tashkil etildi. Unutilmas tadbir dasturini o‘z ichiga olgan ushbu marosim bo‘lajak qo‘shnilar uchun chinakam bayramga aylandi.

Qo‘shnilar sayliga “OLMAZOR BUZINESS CITY” TJM uylaridan xarid qilgan xonadon sohiblari taklif qilinib, ular bir- birlari bilan yaqindan tanishishlari maqsadida qo‘shnilar sayli uyushtirildi .

Dastavval, mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida qarshi olinib, ajoyib furshet dasturxonidan bahramand bo‘lishdi. Shu damda sayilning kulminatsion qismi – milliy taomlarning shohi bo‘lgan Palovni tayyorlash bo‘yicha musobaqaga start berildi. 

Bellashuvda Samarqand, Farg‘ona va Toshkent oshlari tayyorlandi. Bu jarayonga esa bevosita tadbir mehmonlari jalb etilib, ular “Sabzi to‘g‘rash” musobaqasida ishtirok etishdi. Jajji bolajonlar uchun esa mazali pop-korn va shirin paxtalar ulashildi. 

Hech bir o‘zbekona marosim sharqona kuy va taronalarsiz o‘tmagani kabi tadbir davomida diltortar navolar hamohangligida jozibador raqs namoyishlari, estrada xonandalari hamda animatorlarning chiqishlari ham havola etildi. Bundan tashqari, sayil davomida suratlar chizish, loydan sopol buyumlar yasash bo‘yicha qiziqarli mahorat darslari ham o‘tkazildi.

Bugungi sayilda nafaqat bayramona shou-dasturlari, balki bolalar va ularning ota-onalari uchun maxsus tanlovlar ham tashkil etildi. G‘oliblar“OLMAZOR BUZINESS CITY” tomonidan yangi xonadonlar uchun sovg‘alar bilan takdirlandi. Ayniqsa, animatorlarning quvnoq raqs fleshmoblari bolalarga ko‘tarinki kayfiyat va xursandchilik ulashdi.

“Qo‘shnilar sayli” –  o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlari, go‘zal urf-odatlarini o‘zida jamlagan, kelajak avlodga munosib o‘rnak bo‘la oladigan marosim bo‘lib, shu tariqa “OLMAZOR BUZINESS CITY” yangi uy egalari orasida hamjihatlik, birdamlik va do‘stona munosabatlarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.

Sayil so‘ngida barcha qo‘shnilar va mehmonlar bayramona oshdan bahramand bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, “OLMAZOR CITY” TJM yangi Olmazor ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li o‘rtasidagi 24 gektardan ziyod hududni qamrab olgan bo‘lib, ushbu mavzeda ma'muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, ta'lim muassasalari qurish rejalashtirilgan.

“OLMAZOR CITY” TJM – to‘g‘ri joy, to‘g‘ri loyiha, to‘g‘ri narx uyg‘unligidagi munosib maskan. Ushbu muhtasham mahallada qo‘shnilar sayli kabi ko‘ngilochar tadbirlar an'anaviy tarzda davom etadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: