Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahridagi ba'zi geografik obektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining ba'zi geografik obektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Nom berilgan va nomlari o‘zgargan Toshkent shahridagi ba'zi geografik obektlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G‘.Rasulov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.Rizashov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (R.Jo‘rayev), tuman hokimliklari, hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar:
ba'zi geografik obektlarga yangi nomlar berilishi va nomlari o‘zgartirilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan belgilangan tartibda zarur choralar ko‘radi hamda hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.