Surxondaryoda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Jamiyat 15:13 / 27.04.2019 28933

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Uning davomida Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.X. fuqaro O.B.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga qabul qilish evaziga birlashma kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.S. orqali 2,5 mln. so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.X. va N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: