O‘zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim va Mahmud Toir o‘tirgan avtomashina Andijon viloyatining Marhamat tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Uning aytishicha, ushbu mashinada shoir va jurnalist Nodir Jonuzoq ham bo‘lgan. Hodisa Andijon viloyatiga xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun borilgan vaqtda yuz bergan.
Axborot manbasi so‘zlariga ko‘ra, avtomashinada bo‘lganlar jiddiy darajada jarohat olmagan. Ular ayni damda Toshkent shahriga yetib kelishgan.
Faqat O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim hozirgi vaqtda poytaxtdagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan.