Belgiyada O‘zbekiston energetika sektoriga investitsiya kiritish masalalasi muhokama qilindi

Jamiyat 21:43 / 27.04.2019 3277

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov Bryussel shahrida «Stoun Siti Enerji» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. 

Ma'lumot berilishicha, kompaniya O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat energetika sektoriga birinchi bosqichda 700 mln dollar atrofida investitsiya kiritish borasida muzokaralar olib bormoqda.

“Kompaniya bosh menejyeri Alan Danyo Toshkentga amalga oshirgan safari natijalari haqida ma'lumot berdi hamda elchixonaga O‘zbekistonda uchrashuv tashkillashtirishda bergan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, uchrashuvda tomonlan loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq kelgusi reja va masalalarni muhokama qildi.

Ko‘proq yangiliklar: