Andijonda Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi nishonlandi

Jamiyat 11:04 / 27.04.2019 4297

26 aprel yurtimizda o‘zining odmi, sodda, lekin falsafaga to‘la she'rlari bilan xalq qalbiga o‘rnashgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun sifatida nishonlanadi.

Kecha erta tongda Andijon shahridagi Muhammad Yusuf xiyoboniga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, atoqli adib va shoirlar, qo‘shni respubliklardan kelgan mehmonlar, vodiy viloyatlarida faoliyat yuritayotgan ijod maktablari tarbiyalanuvchilari, keng jamoatchilik vakillari yig‘ildilar.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim va Mahmud Toir so‘z oldi. 

 

Yosh, umidli ijodkorlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Tadbirlar shoir tug‘ilib ulg‘aygan Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida davom etdi.

Ko‘proq yangiliklar: