24 aprel kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida qor yog‘di.
Ijtimoiy tarmoqda qor uchqunlayotgani tasvirlangan videolar hamda qor qoplangan tepaliklar tasvirlangan suratlar tarqaldi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/pS9gujiLRBNNxPLXf_uhjgjE1sB1ztre.jpg)
Qayd etish kerakki, bu yil aprel oyi muttasil yog‘ingarchiliklar bilan o‘tmoqda. Keyingi kunlar davomida yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli respublika g‘arbidagi viloyatlarda sel va suv toshqinlari kuzatildi.