Jamiyat | 21:25 / 23.04.2019
5873
1 daqiqa o‘qiladi

Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli Samarqand shahri aholisi uchun o‘tkaziladi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

«26 aprel kuni soat 9:00 dan boshlab Samarqand shahri, Amir Shohmurod ko‘chasi, 73-uy manzilida joylashgan Samarqand viloyat o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabiga qarashli Chim ustida xokkey sport kompleksida Samarqand shahar aholisi uchun navbatdagi sayyor qabulimni o‘tkazaman. Fikr, mulohaza yoki takliflaringiz bo‘lsa sayyor qabulda ishtirok etib, bildirishingiz mumkin», — deyiladi viloyat hokimi rasmiy saytidagi e'londa.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari sektor rahbarlarining shaxsiy sayyor qabullari jadvali e'lon qilingan edi.

Mavzuga oid