Dunyodagi eng mashhur muzey ma'lum qilindi

Foto: AFP
Dunyoda eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeylar reytingida Parijdagi Luvr birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda The Art Newspaper xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, 2018 yilda muzeyga o‘n milliondan ziyod mehmon tashrif buyurdi, uning mashhurligi 26 foizga oshdi.
Aniqlik kiritilishicha, bunga muzeyda qo‘shiqchilar Beyonse va Jay-Z’ning musiqiy klipi tasvirga olingani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, kuchli beshlikka Pekindagi Xitoy Milliy muzeyi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten-muzey, Vatikan muzeylari va Londondagi Teyt Zamonaviy galereyasi, kabi muzeylar kiritildi.

Joriy yil boshida Luvr tashrif buyurishlar soni bo‘yicha o‘z rekordini yangilagandi.
Mavzuga oid

11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi

13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?

00:17 / 29.01.2025
Makron Luvrga yangi kirish joyi qurishga va «Mona Liza»ni ko‘chirishga va’da berdi

01:32 / 26.01.2025