Shvetsiya IShID jinoyatlari yuzasidan tribunal tashkil etishni taklif qildi

Foto: RIA Novosti
Shvetsiya bosh vaziri Stefan Leven Shvetsiya IShID jangarilari tomonidan Suriyada sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiluvchi maxsus tribunal tashkil etish taklifi bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Leven bu haqda Aftonbladet nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Shvetsiyalik vazir bunday taklif bilan yevropalik hamkasblari bilan 7 martda Bryusseldagi uchrashuvda chiqmoqchi.
“Inson huquqlari buzilganligi uchun javobgarlik bo‘lishi kerak. Agar kimdir terakt yoki harbiy jinoyatlar sodir etsa, u bu qayerda yuz berganidan qat'iy nazar, sud oldida javob berishi lozim”, deb aytgan Leven.
Vazirning ta'kidlashicha, xalqaro tribunallar avval ham tashkil etilgan, biroq bu vaziyatda bir qator o‘ziga xos xususiyatlar bor.
Xalqaro tribunallar avval Ruanda va Kosovodagi harbiy jinoyatlarni tergov qilish uchun tashkil etilgan.
Mavzuga oid

21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi

11:16 / 06.02.2025
Shvetsiyadagi o‘quv markaziga hujum: 11 kishi halok bo‘ldi

17:30 / 05.02.2025
Yevroittifoq Putin uchun tribunal tashkil etish loyihasini tasdiqladi

10:51 / 05.02.2025