Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
Abdulloh Makkiy Muslih Ar-Rufoiy terrorchi guruhga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida Iroq razvedka xodimlari tomonidan yo‘q qilindi.

Foto: AP
Iroq bosh vaziri Muhammad As-Sudaniy razvedka xizmatlari tomonidan IShID yetakchisi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Abu Xadicha al-Iroqiy nomi bilan tanilgan Abdulloh Makkiy Muslih Ar-Rufoiy terrorchi guruhga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida Iroq razvedka xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.
Iroq bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, Ar-Rufoiyi terrorchi guruh rahbari o‘rinbosari lavozimini egallagan. As-Sudaniy uni «eng xavfli jangari» deb atadi. Terrorchi Iroq g‘arbidagi Anbar viloyatiga berilgan havo hujumida yo‘q qilingan.
2021 yil yanvarida Abu Yasir al-Isoviy iroqlik harbiylar tomonidan yo‘q qilinganidan so‘ng, Ar-Rufoiy IShID bo‘limiga rahbarlikni qo‘lga olgan. U yoshligida terrorchi tashkilotga qo‘shilgan, hibsga olingan va terrorchilikda ayblanib qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq qochishga muvaffaq bo‘lgan va terrorchilik faoliyatini davom ettirgan.
O‘tgan yilning may oyida AQSh Markaziy qo‘mondonligi Suriyada IShID terrorchi guruhining yuqori martabali a’zosi Usoma Jamol Muhammad Ibrohim al-Janabiy o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. Oktabr oyida Iroq bosh vaziri mamlakat hududida «Iroq amiri» o‘ldirilganini e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
-
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

14:26 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 80 ga yaqin kishi halok bo‘lgan (video)

09:05 / 09.07.2025
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin

20:38 / 07.07.2025
Turkiyalik 12 askar Iroqdagi g‘orda metandan zaharlanib halok bo‘ldi

19:10 / 04.07.2025