TIV Moskvadagi fojiada vafot etganlarning ism-sharifiga aniqlik kiritdi

O‘zbekiston 18:49 / 19.02.2019 51213

Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti Moskva shahrida yuz bergan fojia bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 2019 yil 17 fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi hodisada vafot etganlar ism-shariflariga aniqlik kiritdi:

1. Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989 yil 29 oktyabrda tug‘ilgan;

2. Jamolitdinov Ziyodulla Ruziboy o‘g‘li, 1992 yil 11 mayda tug‘ilgan.

Z.Jamolitdinov jasadi hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan noma'lum shaxs deya yetkazilgan.

Fuqaro Nusratov Otabek (24.10.1987 yilda tug‘ilgan) jarohati tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: