Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxati yangi band bilan to‘ldiriladi

O‘zbekiston 10:01 / 19.02.2019 16334

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘inining “mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish haqida” 2018 yil 3 iyuldagi 497-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar:

Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 3 iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatida:

a) “Qishloqlar, shaharchalar, ovullar, fuqarolar yig‘inlari” bo‘limidagi “Mahalla posboni” rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

b) “Mahallalar fuqarolar yig‘inlari” bo‘limidagi “Mahalla posboni” rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

v) “Davlat xizmatchilariga mansub bo‘lgan boshqa xizmatchilar ro‘yxati” bo‘limi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldiriladi:

“9. Profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi”.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 sentyabrdagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 6-bandning oltinchi xatboshidagi “hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

b) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining rahbarlari” so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013 yil 7 oktyabrdagi 274-son qarorida:

a) 1-ilovada:

11-bandning yettinchi xatboshidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari,” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

22-banddagi “mutaxassis, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbaridan” so‘zlari “mutaxassisdan” so‘zlari bilan almashtiriladi;

23-bandning yigirma ikkinchi xatboshidagi “tuzilmasining rahbarini tayinlaydi va tuzilmaga” so‘zlari “tuzilmasiga” so‘zi bilan almashtiriladi;

36-bandning uchinchi xatboshidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

40-bandning o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;

VII-bobning nomidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

43- va 45-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;

48-banddagi “hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

b) 3-ilovaning 6-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtiriladi;

v) 4-ilovaning 6-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtiriladi;

g) 5-ilovaning 6-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtiriladi;

d) 6-ilovaning 6-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtiriladi;

ye) 7-ilovaning 6-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtiriladi;

i) 8-ilovaning 6-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtiriladi;

j) 9-ilovaning 6-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

k) 10-ilovada:

5-bandning o‘n uchinchi xatboshidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

6-banddagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” so‘zlari bilan almashtiriladi;

l) 13-ilovada:

11-bandning yettinchi xatboshi “tuzilmasi” so‘zidan keyin “a'zolarining” so‘zi bilan to‘ldiriladi;

33-bandning birinchi xatboshidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

59-bandning birinchi xatboshidagi “rahbari” so‘zi “a'zolari” so‘zi bilan almashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 dekabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi to‘g‘risida nizomda:

a) 5-banddagi “va “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalarining rahbarlari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

b) 28-bandning “g” kichik bandidagi “rahbarlari” so‘zi “a'zolari” so‘zi bilan almashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013 yil 14 dekabrdagi 329-son qarorida:

a) 3-ilovada:

6-bandning yettinchi xatboshidagi “hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

7-bandning uchinchi xatboshidagi “rahbari” so‘zi “a'zolari” so‘zi bilan almashtiriladi;

b) 4-ilovada:

6-bandning yettinchi xatboshidagi “hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

7-bandning uchinchi xatboshidagi “rahbarlari” so‘zi “a'zolari” so‘zi bilan almashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yoshlar ta'lim-tarbiyasi va xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016 yil 5 fevraldagi 30-son qarorining 2-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlarini” so‘zlari “profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilarini” so‘zlari bilan almashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Posyolkalar, qishloqlar va ovullarning, shuningdek shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalari fuqarolar yig‘inlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlaridagi “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari” pozitsiyasi “profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari” pozitsiyasi bilan almashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi 940-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 9-bandidagi “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 noyabrdagi 944-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari,” so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 7-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 65-bandidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarlariga” so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyuldagi 554-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“3. Universitet o‘z faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari, shu jumladan fuqarolar yig‘ini hududidagi ta'lim va tibbiyot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari va ularning yordamchilari hamda fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.”.

Ko‘proq yangiliklar: