Augsburg (Bavariya, Germaniya)da ijobiy energetik muvozanatli qishloq barpo etildi, bu qishloq binolari iste'mol qilinadiganga nisbatan ko‘proq elektr energiya ishlab chiqaradi degani. Gap faqat yoritish yoki maishiy uskunalarni quvvatlantirish uchun foydalaniladigan elektr energiyada emas, isitish tizimi, issiq suv ta'minoti va boshqalarni ham o‘z ichiga olgan butun iste'mol qilinadigan energiya haqida bormoqda.
Qishloq 13 bino — kuchli tashqi issiqlikka ega keramik toshlardan qurilgan 9 individual uy va 4 ikki qavatli kottejdan iborat. Kottejning maksimal maydoni: 161 m2.
Binolar KfW-Effizienzhaus 55 standartiga muvofiq loyihalashtirilgan va qurilgan — bu KfW taraqqiyot bankining yuqori energosamarali binolari standartidir. «55» raqami birlamchi energiya xarajati bu yerda amaldagi davlat normasidan 55 foizdan oshmasligi kerakligini anglatadi. Bugunga kelib KfW-Effizienzhaus 55 standarti taxminan Passiv uy mezonlariga muvofiq keladi. Shu tariqa qishloq binosi issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabning juda pastligi bilan ajralib turadi.
Har bir binoda quyosh elektr stansiyasi o‘rnatilgan. Yakka tartibdagi uyda - 11,8 kVt quvvatli, ikki qavatli kottejda - bir oilaga 7,56 kVt. U 6,4 kVt/s sig‘imli litiy-ion elektr energiya yig‘uvchisi bilan uyg‘unlashadi. Shuningdek, binoda issiqlik energiya to‘plovchisi, bir uy uchun 1500 l va kottejlarda bir oila uchun 1000 l sig‘imli bufer baki ham o‘rnatilgan.
Issiqlik va issiq suv ishlab chiqarish fotoelektr stansiyasidan sozlamalarga muvofiq keluvchi havo-suv issiqlik nasosi orqali amalga oshiriladi. Bunday binolarda issiqlik rekuperatsiyasi (issiqlik uzatish) bo‘lgan ventilyatsion qurilma "seriyali" bo‘lishi kerak. Mazkur holatda 90 foizli issiqlik uzatish koeffitsiyentiga ega qurilmalar qo‘llaniladi.
Yakka tartibdagi uy uchun umumiy energetik xarajatlar yiliga 6 651 kVt/s'ni tashkil qiladi, ikki qavatli kottejning yarmiga - yiliga 6 050 kVt/s. Bunda quyosh elektr stansiyalarining rejali ishlab chiqarishi yiliga 13 168 va 8 343 kVt/s'ni tashkil qiladi, ya'ni shaxsiy uyda bir yilda energiya ishlab chiqarish uning iste'molidan ikki baravar oshadi.
Binolar elektromobillarni zaryadlovchi qurilmalar bilan jihozlangan. Ishlab chiqariluvchi ortiqcha energiya shu tariqa qo‘llanishi mumkin - bugun Germaniyada shaxsiy elektr energiyani tarmoqqa sotgandan ko‘ra uni iste'mol qilgan foydaliroq.