Apple yangi iPhone ishlab chiqarishni kamaytiradi

Fan-texnika 17:31 / 09.01.2019 4397

Apple kompaniyasi birinchi chorakda yangi modeldagi iPhone smartfonlari ishlab chiqarishni 10% foizga kamaytiradi, deb xabar berdi Nikkei Asian Review gazetasi.

Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Apple o‘tgan oy oxirida o‘z yetkazib beruvchilaridan yanvardan martgacha rejalashtirilganidan ko‘ra kamrok iPhone ishlab chiqarishni so‘ragan. Amerika kompaniyasi ikki oy ichida ikkinchi marta ishlab chiqarishni qisqartirmoqda. Bunda iPhone XS Max, XS va XR ko‘zda tutilmoqda.  

O‘tgan haftada kompaniya aksiyalari qiymati 10%ga pasaygandi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk investorlarga yozgan ochiq xatida iPhone sotish hajmi pasayganini, bunga AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: