Bu yil smartfon ishlab chiqaruvchilar barchani hayratga solishga va'da berishgan. Android kompaniyalar iPhone X ‘dan nusxa ko‘chirishni to‘xtatib, yangi dizaynerlik ishlanmalariga e'tibor qaratmoqda.
Samsung Galaxy S10
Koreya kompaniyasi diagonali katta, ekranga barmoq izi skaneri joylashgan va uchta asosiy kameraga ega smartfon taqdim etmoqchi. Bu Galaxy S10 bo‘ladi. Shuningdek, S10 va S10+ bilan birga ikki kamerali S10 Lite ham sotuvga chiqariladi.
Huawei P30 Pro
Kompaniya o‘z e'tiborini asosan kamera imkoniyatlariga qaratmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, P30 uchta kamera, P30 Pro esa to‘rtta kamerali bo‘ladi.
Smartfonga Kirin 985 protsessori o‘rnatiladi, tezkor xotirasi esa rekord – 12 GB bo‘ladi. U 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlashi taxmin qilinmoqda.
Nokia 9 PureView
Kompaniya ushbu smartfon taqdimotini o‘tgan yili ikki marta ortga surdi. Taqdimotga oz qoldi chamasi - smartfon Bluetooth Special Interest Group sertifikatini oldi.
Smartfonning yutug‘i – beshta modulli kamerada. Sensorlar yuqori sifatli Carl Zeiss optikasiga ega bo‘ladi.
Yangi smartfon diagonali 5,99 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlanishi kutilmoqda, akkumulyator sig‘imi 4150 mAs bo‘ladi. U Android Pie operatsion tizimi ostida ishlaydi.
Buklama smartfonlar
Bu yil Samsung, Huawei va LG displeyi buklanadigan smartfonlarni taqdim etadi. Kompaniyalarning fikricha, ular bir vaqtning o‘zida smartfon, planshet va noutbuk o‘rnini bosa oladi.
Honor View 20
Ushbu model Xitoyda namoyish etilgan, xalqaro taqdimoti esa 22 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
View 20 7 nanometrli Kirin 980 chipida ishlaydi, uning tezkorligi va quvvat sarfini sun'iy ong boshqaradi, GPU Turbo 2.0 dasturiy ta'minoti smartfon samaradorligini yanada oshiradi. Uning batareyasi sig‘imi 4000 mAsni tashkil etadi.
Qo‘shaloq kamera ham hayron qoldiradi — asosiy sensor 48 MP o‘lchamga ega. Ishlab chiqaruvchining va'da berishicha, uning yordamida tunda ham yuqori sifatli suratlarni olish mumkin.