OAV: Oyga qo‘nish Xitoyga boshqa galaktikalarni o‘rganishda yordam beradi

Fan-texnika 16:19 / 07.01.2019 6236

Oyning orqa tomoniga qo‘nish Xitoyga boshqa galaktikalarni tadqiq qilish ishlarini tezlashtirish imkonini berishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

3 yanvar kuni Xitoyning «Chan'e-4» apparati Oy orqa tomoniga birinchi bo‘lib qo‘ndi.

Agentlikning ta'kidlashicha, bu «kosmik poygada uzoq vaqt ikkinchi darajali o‘yinchi sifatida ko‘rilgan davlat uchun katta olg‘a siljish». Bloomberg’ning yozishicha, kosmos masalalari bo‘yicha ekspertlar xitoyliklar mahoratini Oyga kosmik apparat qo‘nishi jarayonida baholashdi.

Ekspertlarning fikricha, bundan keyin Xitoy, Oyda foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha qisqa muddatli imkoniyatlar «minimal bo‘lishi mumkinligiga» qaramay, kosmik tadqiqotlar uchun uzoq muddatli oqibatlarga tayanishi mumkin, deyiladi materialda.

«Xitoy o‘n yildan keyingi narsalar haqida o‘ylamoqda. AQSh - prezidentlik muddati miqyosida», - deya ta'kidlab o‘tdi Notrdam universitetidan bo‘lgan Klayv Nil.

Uning qayd etishicha, endi Xitoy o‘z imkoniyatlarini nisbatan murakkab missiyalarda sinab ko‘rishi mumkin. Boshqa ekspertlar ta'kidlashicha, xitoyliklar apparatni Oyning teskari tomonidan qoldirishganidan so‘ng, ularga Yer yuzasini eguvchi, uzoq kosmik makonni o‘rganishda xalaqit beruvchi elektromagnit to‘lqinlar to‘siq bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: