Ikkita noyob Lada sportkari sotuvga qo‘yildi

Fan-texnika 08:36 / 07.01.2019 17584

“Avito” savdo maydonchasida ikkita noyob Lada Revolution prototiplari sotilishi haqidagi e'lon joylashtirildi. 

Ikkala avtomobil ham 2006 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, 1,6 litrli va 165 ot kuchiga ega VAZ-21086-29 dvigateli hamda 6 pog‘onali sekvental uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Mashinalardan biri sariq, ikkinchisi qizil rangda va narxi 1,5 mln rublni tashkil qiladi.    

Foto: avito.ru

Haydovchiga mashinaning usti ochiqligi va og‘irligi bor-yo‘g‘i 670 kgni tashkil qilishidan tashqari, qo‘shimcha optsiyalar taklif qilinmaydi.

Sotuvchi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobillar pachaqlanmagan va bo‘yalmagan, avval faqat bir kishi tomonidan minilgan va poygalarda ishtirok etishga tayyor holatda.   

Ko‘proq yangiliklar: