O‘zbekistonda mobil aloqa tarmog‘i kengaytiriladi

Fan-texnika 12:07 / 05.01.2019 18349

O‘zbekistonda magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlari kengaytiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Xususan, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda “O‘zbektelekom” AK magistral telekommunikatsiya tarmog‘i o‘tkazuvchanligini viloyat markazlarigacha 100 Gbit/s dan 400 Gbit/s gacha, tuman markazlarigacha 10 Gbit/s dan 100 Gbit/s gacha oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, mobil aloqa tarmog‘i kengaytiriladi. Bu borada amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bunda mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 1050 ta GSM baza stansiyalari o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, keng polosali ma'lumotlar uzatish tarmoqlari rivojlantiriladi - amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda: 620 000 portli ma'lumotlar uzatish qurilmalari o‘rnatiladi; loyihani amalga oshirish natijasida aholiga (Triple play) Internet, IP va video telefoniya, IPTV, VPN va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlari kengaytiriladi

Optik tolali aloqa liniyalari ham quriladi. Bu bo‘yicha ishlab chiqiladigan amaliy chora-tadbirlarda: 2 000 km optik tolali aloqa liniyalarini quriladi; loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: