Huawei iPhone’da post joylashtirgani uchun ikki xodimining lavozimini pasaytirdi 

Fan-texnika 17:29 / 04.01.2019 7619

Huawei kompaniyaning rasmiy tvitter-akkauntida iPhone’da post joylashtirgani uchun ikki xodimining lavozimini pasaytirdi va ularning maoshini qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Xodimlar yangi yil haqidagi postni Apple smartfonida joylashtirishgan. Buni amerikalik taniqli texnobloger Markes Braunli sezgan.

Ayni paytda Huawei va Apple o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan. Bu asosan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi bilan bog‘liq.  

Avvalroq Braunli ikki marta Samsung iPhone’dan foydalanib reklama qilganini aniqlagandi. Kompaniyaning rasmiy tvitter-akkauntlarida Galaxy Note 9 va Galaxy A9 smartfonlari asosiy raqobatchining qurilmasi yordamida reklama qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: