Xitoy hukumati 2022 yilda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega tezyurar poyezdni ishga tushirmoqchi, mazkur poyezd Pekinni 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziluvchi joylardan biri - Chjantszyakou shahri (Xebey provinsiyasi, Shimoliy Xitoy) bilan birlashtiradi. China Daily shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2018 yilning iyul-sentabr oylarida Xitoy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga kiritilayotgan yuqori tezlikdagi tarkib sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi. Sinovlar Pekin va Shenyan shaharlarini birlashtiruvchi, umumiy uzunligi 186 ming km va loyiha tezligi 350 km/s'ni tashkil qiluvchi temir yo‘l uchastkasida o‘tkazildi.
Poyezd yangi tizim yordamida avtomatik ravishda jadvalga muvofiq start olishi, stansiyalar orasida harakatlanishi, to‘xtashi, vagonlar eshiklarini ochishi va yopishi mumkin. Ta'kidlanishicha, bunday tarkiblarning mamlakat temir yo‘l tizimiga tatbiq qilinishi uning faoliyatini sezilarli darajada oshiradi hamda kechikish va YTHlar sonini qisqartirishga imkon beradi.
Xitoy dunyodagi eng uzun tezyurar temir yo‘l magistrallar tarmog‘iga ega. China Railways davlat korporatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil oxirida ularning umumiy uzunligi taxminan 29 ming kilometrni tashkil qilgan. XXRning 2017 yildagi temir yo‘llari umumiy uzunligi esa 127 ming kilometrga yetgan. 2025 yilga borib, bu ko‘rsatkich 175 ming kilometrga oshishi kutilmoqda.