Tesla kompaniyasi 2018 yilda rekord darajada ishlab chiqarish amalga oshirilganini xabar berdi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida kompaniya tarixidagi eng ko‘p avtomobil yig‘ilgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan chorakda Tesla 86,55 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, avvalgi rekordni 8 foizga ortda qoldirdi. Avtomobillarning asosiy qismi - bu Model 3, deb xabar beradi Quartz nashri.
Avvalroq, Ilon Mask kompaniyasi sarmoyadorlarni aldaganlikda gumon qilinayotgani xabar berilgandi. FQB versiyasiga ko‘ra, Tesla ommaviy bayonotlarida avtomobillar ishlab chiqarish rejasini atayin oshirib ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tesla Roadster elektromobilining yangi dizayni namoyish qilingandi.