Hyundai kompaniyasi Elevate kontsept-karini namoyish etdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Mashina robotlashgan oyoqlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular notekis yuzalarda ham harakatlanish imkonini beradi.
Kompaniya kontsept-kar haqidagi boshqa ma'lumotlarni oshkor qilmayapti, ammo ko‘rinishidan avtomobildan turli halokatlar sodir bo‘lgan joylarda foydalaniladi.
Hyundai avvalroq kalit o‘rniga barmoq izlari yordamida o‘t oladigan avtomobilni namoyish etgandi.