Bryussel sudi Uber’ni taqiqlab qo‘ydi

Fan-texnika 16:08 / 03.01.2019 6272

Bryussel sudining qaroriga binoan, Uber ishi noqonuniy deb topildi. Bu haqda RTL Info xabar bermoqda. U yerdan ko‘rsatishlaricha, ikki bor - sentabr va dekabrda - tegishli litsenziyani olgan hamda mashinada taksi belgisini o‘rnatgan haydovchilar yo‘lovchilarni tashish huquqiga ega ekanligi haqida ogohlantirishgan.

Taxi Verts tashuvchisi rahbari Mishel Petrning RTL’ga izohida aytilishicha, Uber sud qarorlarini o‘zi bilganicha tushungan va Belgiyada ishlashni davom ettirgan. Bryussel sudining hozirgi bayonoti taqiqni aniqlashtiradi.

Avvalroq, Taksi haydovchilari federatsiyasi sudga murojaat qilgandi. Uning bildirishicha, Uber BV (Amerika kompaniyasining mahalliy shirkati) faqat vositachi ekanini aytib xato qiladi. «Uber tariflarni belgilaydi, hisoblarni taqdim etadi, haydovchilarni tanlaydi. Bu vositachilik emas, balki tashuvlarni amalga oshiradigan kompaniya», - deya ma'lum qildi Federatsiya advokati Antuan Shome RTBF telekompaniyasiga.

Uber’ning o‘zi Belgiya qonunchiligini buzayotgani bo‘yicha ayblovlarni rad etdi. U yerdan ko‘rsatilishicha, ular taksi xizmati emas, balki faqat yo‘lovchilarga haydovchiga ega avtomobillarni ijaraga berishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda haydovchisiz taksi xizmati yo‘lga qo‘yilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: