Isko «Real»dan ketmoqchi emas

Foto: © Gonzalo Arroyo Moreno / Stringer / Getty Images Sport / Gettyimages
«Real» yarimhimoyachisi Isko Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Men ketmoqchi emasman. Men hozir «Real»da juda baxtiyorman. Men Madridda qolishni va klub bilan sovrinlar yutishni davom ettirishni istayman», — degan Isko AS nashri muxbiriga.
Bundan avvalroq Iskoning agenti «PSJ» prezidenti bilan uchrashgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida ayni vaqtda 26 yoshda bo‘lgan Isko 11 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.
Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2022 yilga qadar tuzilgan.
Keyingi vaqtlarda u va jamoaning yangi bosh murabbiyi Santyago Solari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqani, futbolchi qishki transferlar vaqtida «Chelsi» yoki «Manchester Siti» safiga borib qo‘shilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025