iPhone XS Max buyurtmalar hajmi deyarli 50 foizga kamaytirildi

Fan-texnika 14:49 / 30.12.2018 7310

Apple kompaniyasi joriy yilning kuzida taqdim etilgan yangi smartfonlariga buyurtmalar hajmini kamaytirdi. Shuningdek, Apple smartfonlar narxlarini pasaytirayotgan operatorlarga subsidiyalar beradi, deya ma'lum qiladi Gizchina nashri. 

Yangi modellar qatorining to‘ng‘ich smartfoni iPhone XS Max yetarlicha mijozlarga ega, biroq mutaxassislarning fikricha, buni mutlaq muvaffaqiyat deyish qiyin. 

City Research tadqiqot kompaniyasi baholariga ko‘ra, iPhone XS Max sotuvlari pasayib bormoqda, buning natijasida Apple yaqin orada bu modelga buyurtmalar hajmini kamaytirishiga to‘g‘ri keldi. 

Joriy moliyaviy yilning ikkinchi choragida (1 yanvardan 31 martgacha) Apple yangi modelining buyurtmalar hajmi 48 foizga kamaytirilgan edi. 

Natijada, Uilyam Yang tahlilchilarining ta'kidlashicha, Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari sotuvlari bo‘yicha kelgusi uch oylik prognozlarni 50 milliontadan 45 milliontagacha kamaytirishiga to‘g‘ri keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: