Tarixdan ma'lumki, Toshkent shahri 12 darvoza bilan o‘rab olingan. Shu darvozalardan biri Taxtapul darvozasi hisoblangan. Taxtapul – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Arxiv materiallariga ko‘ra, Taxtapul 4 qismga (1-Taxtapul, 2-Taxtapul-mo‘g‘ol, 3-Taxtapul, Yuqori Taxtapul) bo‘lingan. “Taxtapul eshiklari” fabrikasiga aynan shu nom asos qilib olingan.
“Taxtapul eshiklari” - ichki eshiklar fabrikasi 2012 yil may oyida Toshkent shahrida ochilgan. Professional mutaxassislar jamoasi tomonidan qisqa muddatlarda yuqori sifatli, moslashuvchan eshiklar ishlab chiqarish tizimi yaratilgan.
“Taxtapul eshiklari” fabrikasi ishlash tizimining asosiy tamoyillari:
- narx-navoning qulayligi;
- ishda yuqori sifatli materiallardan foydalanish;
- bosqichma-bosqich va qattiq sifat nazorati ostida moslashuvchan ichki eshik va oshxona mebellarini xalqimizga yetkazishdan iborat.
“Taxtapul eshiklari” nafaqat standart eshiklarni, balki alohida loyihalarni ham yaratib kelmoqda. Har yili yangi-yangi modellar ustida ish olib boriladi. Hozirgi kunda eshiklarning 300 xildan ortiq modellari mavjud. Bundan tashqari yana mijozning xohishiga qarab turli modelda va ranglarda ichki eshiklar va oshxona mebellari ishlab chiqariladi.
Eshiklar va oshxona mebellariga ishlatilayotgan materiallar o‘zining sifati bilan ajralib turadi. Mahsulot ustiga yopishtiriladigan shponlarning asosiy qismi Yasin va Amerika yong‘og‘idan ishlangan. Bundan tashqari mijoz xohishiga qarab yana 30dan ortiq xildagi shponlar taqdim etiladi.
Bugungi kunga kelib “Taxtapul Eshiklari” tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eksport qilinmoqda. Bundan tashqari, fabrika mutaxassislari tomonidan o‘lchash bepul. Agar mijozga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, o‘lchash uchun xizmat haqi olinmaydi.
Shuningdek, Toshkent shahri bo‘yicha yetkazib berish hamda o‘rnatish xizmati bepul.Chetdan kirib kelayotgan mahsulotlarning shponi tabiiy materialdan bo‘lmasligi mumkin, “Taxtapul eshiklari” mahsulotlarida tabiiy shponlardan foydalaniladi. Ichki eshiklar, oshxona mebellari hamda xonani bezatishda foydalaniladigan gulli naqshlar sof yog‘ochdan ishlanadi. To‘lovlar naqd va pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
“Taxtapul eshiklari” mahsulotlari chidamli, sifatli hamda o‘zining nozik dekoratsiyasi bilan xonadoningiz chiroyiga chiroy qo‘shadi. Tashrif buyuring, tanlang va o‘zingiz ham baho bering.
Asosiysi “Taxtapul eshiklari” mahsulotlarini kelishilgan, hamyonbop narxlarda olishingiz mumkin.
Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling: +99895 170 57 52, +99895 199 57 52
Instagram: www.instagram.com/taxtapul.uz
Feysbuk: www.facebook.com/taxtapul
Manzil: Shayxontohur tumani, Sebzor 8 uy, mo‘ljal Sebzor Golden house.
Reklama huquqi asosida