“Huawei”dan yangi rekord: 2018 yilda 200 millionta smartfon

Fan-texnika 16:07 / 29.12.2018 18402

“Huawei”kompaniyasi 2018 yilda dunyo bozoriga yetkazib berilgan rekord darajadagi smartfonlar miqdori haqida ma'lumot berdi. 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich 200 milliontadan oshgan. Iste'molchilar va jahondagi barcha hamkorlarning doimiy qo‘llovi, shuningdek yuqori toifali mahsulotlar, jumladan “Huawei P20”, “Mate20” va “Honor10” seriyasidagi smartfonlar tufayli mana shunday salmoqli natijaga erishildi.

“Huawei P20” seriyasi mobil fotografiya salohiyatini yanada yuqoriga ko‘tarib, hatto shinam va zamonaviy smartfonlar ham professional darajadagi rasmlarni yaratishi mumkinligini isbotladi. Bundan tashqari, “Huawei P20”dizaynida qo‘llangan innovatsion yondashuv, ko‘plab ayollarning qalbini zabt etishga yordam berdi. Joriy yilning mart oyidan boshlab 6 milliondan ortiq ushbu seriyadagi smartfonlar yetkazib berilgan bo‘lib, xaridorlarning yarmi ayollardan iborat.

“Huawei Mate 20” seriyasidagi smartfonlar esa avvalboshdanoq «Mate» turkumi tomonidan o‘rnatilgan ilg‘or texnologik standartlarga javob beradi. Yangi turkumdagi smartfonlar “Huawei”kompaniyasi tarixidagi eng kuchli va quvvatni tejaydigan “Kirin 980” chipi bilan jihozlangan. “Kirin 980” chipi 7-nanometr texnologiyasi bo‘yicha A76 va G76 protsessorlarini qo‘llagan holda ishlab chiqilgan. Ushbu komponentlar yordamida “Mate20” seriyasidagi smartfonlar iste'molchilarga takomillashgan energiya samaradorligi va yangi, takrorlanmas foydalanish tajribasini taqdim etadi. “Mate20” seriyasi chiqarilgach, ikki oy davomida 5 milliondan ortiq shu turkumdagi smartfonlar sotuvga chiqarilgan.

“Huawei Nova” seriyasi esa o‘zining tashqi ko‘rinishi va innovatsion texnologiyalari sababli, ayniqsa, yoshlar orasida keng ommalashgan. “Huawei Nova 3” modelidagi o‘ziga xos rang jilosi va innovatsion «selfi» imkoniyati orqali bu gadjyet 2018 yilda selfi uchun mo‘ljallangan eng ommabop telefonga aylandi. “Nova 4” old kamerasida maxsus tuynuk bo‘lib, to‘liq ekranli displey bilan avvalgi modeldagi dizayn qatorini davom ettirgan. 2018 yilning oxiriga kelib “Huawei ” jami bo‘lib 65 milliondan ortiq “Nova” smartfonlarini xaridorlarga yetkazdi va shakllanayotgan o‘rta qatlam bozoridagi qurilmalarni ishlab chiqarish sohasida yetakchilardan biriga aylandi.

“Honor” brendi ostidagi smartfonlar esa kompaniya o‘zi yaratgan inqilobiy yechimlari va dizayn borasidagi takrorlanmas nafis ishlanmalari bilan mobil sanoat taraqqiyotiga muntazam ravishda hissa qo‘shib kelayotganini dalillaydi. 2018 yilda chiqarilgan eng chiroyli flagmanlardan biri sifatida «“Honor 10”ham tashqi ko‘rinishi, ham texnik xususiyatlari bilan so‘nggi innovatsiyalarni o‘zida jamlaydi. “Honor 10”va «V10» sotuvlaridagi yuksak natijalar kompaniyaning Xitoy bozorida yetakchiga aylanishiga zamin yaratdi.

Oxirgi sakkiz yil mobaynida “Huawei”o‘z mijozlariga yangi yechimlar yaratish uchun iste'molchi talablariga jiddiy e'tibor berishga va innovatsiyalardan foydalanishga intilmoqda. Kompaniya bir vaqtning o‘zida bir qator texnologik va ommabop sohalarda, masalan, fotografiya, akkumulyatorlar faoliyat davri, uyali aloqa va sun'iy intellekt bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni boshlab berdi. Ushbu innovatsiyalar butun dunyo bo‘ylab iste'molchilarning ishonchini qozonishga yordam berdi.

Shuni yodda tutish kerakki, smartfon real va virtual borliq o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. Shuning uchun unda borgan sari ko‘proq ma'lumotni saqlash va himoyalash talab etilmoqda. Aynan shu tufayli “Huawei” o‘z foydalanuvchilarining xavfsizligini ta'minlashda ilg‘or hamda zamonaviy mahsulotlarni yaratish juda muhim ish deb hisoblaydi. Bu “Huawei” va butun dunyodagi iste'molchilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch masalasidir. Shu bois “Huawei” xavfsizlik masalasini asosiy tijoriy manfaatlardan ustun qo‘yadi va maxfiylikka doir xalqaro tamoyillarga (GAPP), texnologik xavfsizlik borasidagi dunyodagi eng qat'iy qoidalarga, shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining ma'lumotlar himoyasiga bag‘ishlangan reglamentida (GDPR) bayon qilingan barcha talablarga rioya qiladi. Bundan tashqari, “Huawei” kompaniyasi o‘zining barcha mahsulotlarini ishlab chiqish, loyihalash, sinash, sotish, xizmat ko‘rsatish va xarid qilish jarayonlarida ham maxfiylik tamoyillarini qo‘llab keladi. “Huawei”qurilmalarini ARM ochiq chipsetlar arxitekturasida va Google Android operatsion tizimida yaratgan holda o‘z gadjyetlari va mijozlarini yanada ishonchli xavfsizlik bilan ta'minlaydi.

So‘nggi sakkiz yil davomida “Huawei” smartfonlarining savdosi qariyb oltmish baravarga ortdi. Masalan, kompaniya 2010 yilda jami 3 millionta smartfon sotgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 200 millionni tashkil qildi. Jahon smartfon bozorida “Huawei” reytingdagi oddiy “o‘rta darajadagi brend“dan boshlab eng kuchli uchtalikka kiradigan yetakchigacha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. 2018 yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida “Huawei” jahon smartfon bozorining 14,6% ulushiga egalik qilgan holda, dunyodagi ikkinchi smartfon ishlab chiqaruvchisi nomini qo‘lga kiritdi.

Ayni vaqtda “Huawei” smartfonlaridan 170 ta mamlakatda 500 milliondan ortiq iste'molchilar foydalanishmoqda. Mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlari orasida yetakchilardan biri hisoblangan IPSOS kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, “Huawei”brendi dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar orasida innovatsiya va ishonch tushunchalari orqali tasavvur qilinadi.

Jumladan, “Huawei” kompaniyasining iste'molchilar bilan ishlash bo‘yicha biznes guruhi rahbari Richard Yu bu borada shunday deydi: “Huawei” kelgusida iste'molchilarning talab va ehtiyojlariga mos mahsulot va xizmatlar yaratish, shuningdek, doimiy tarzda innovatsiyalarni kashf etish tamoyillariga amal qilishda davom etadi. U mobil aloqa tizimidagi inqiloblarning ixtirochisi  hamda yetakchisi bo‘lish uchun o‘zining barcha imkoniyatlarini safarbar etadi va o‘z mijozlari uchun muntazam ravishda yangi yechimlar ishlab chiqadi. Biz butun dunyodagi foydalanuvchilarimiz hayotdan lazzatlanishi va “Huawei” brendini chindan ham sevishini istaymiz“.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: