O‘zbekiston joriy yilning III choragida oltin sotmadi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytilgan.
Joriy yilning I choragida oltinning jahon bozoridagi narxi o‘rtacha troya untsiyasi uchun 1 330,7 dollar, II chorakda esa – 1,8% pasaygan holda 1 306,3 dollarni tashkil etdi. III chorakda oltinning jahon bozoridagi troya untsiyasi uchun o‘rtacha narxi o‘tgan chorakning o‘rtacha narxiga nisbatan 7,1% pasaygan holda 1213,5 dollarni tashkil qildi.
O‘rtacha narxlar bo‘yicha hisoblab chiqilgan oltinning sotish hajmi – 30 tonna, II choragida esa – 6,4 tonna bo‘ldi. Joriy yilning III choragida oltinning realizatsiyasi amalga oshirilmadi.
Shveytsariya oltinning asosiy sotib oluvchisi bo‘lib qolmoqda, bu unga O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozori bo‘lish imkonini beryapti.
Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha mamlakat eksportining 31 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keldi. Taqqoslash uchun, Xitoyda - 18%, Rossiyada — 16%.
9 oy yakunlariga ko‘ra Shveytsariya yetakchilik qilmoqda. Ammo, O‘zbekiston iyuldan sentyabrgacha oltin sotmagani sababli mamlakat ulushi 23 foizgacha pasaydi, biroq bu Xitoy (21 foiz) va Rossiyadan (18 foiz) ko‘proq.
Shu bilan birga, mamlakatning oltin zaxiralari keskin oshdi (narx tushganiga qaramasdan). Sentabr va oktabr oylarida 13,9 mlrd dollar bo‘lgan bo‘lsa, noyabrda - 14,6 mlrd, dekabrda esa - 14,9 mlrd dollar.