O‘zbekiston 2019 yil 1 yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘ini joriy qiladi.
Aktsiz solig‘i O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymatidan 15 foizni tashkil etadi.
Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi oyiga 2000 so‘mga pasaytirilyapti.