LG CES 2019 ko‘rgazmasida 2019 yilgi saundbarlar lineykasini namoyish etadi

Fan-texnika 15:00 / 28.12.2018 9493
Foto: LG

Yuqori mahsuldorlik va sun'iy ong bilan ta'minlanganlik uy kinoteatrlarining ovoz sifatini yanada oshiradi.

LG Electronics (LG) CES-2019 ko‘rgazmasida saundbarlarning yangi lineykasini taqdim etish orqali uy kinoteatri ixlosmandlarini yana bir bor xursand etishni rejalashtirmoqda.

Foto: LG

LG va Meridian Audio hamkorligi tufayli yangi saundbarlar ajoyib ovoz sifati, intellektual xususiyatlarga ega va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi. Xonadagi har bir burchakni to‘ldiradigan va sun'iy ong xususiyatiga ega kuchli ovoz yordamida LG kompaniyasining 2019-yilgi saundbarlar lineykasi to‘liq ishtirok etish effektini yaratadi. Ushbu turdagi ikkita model (SL9YG va SL10YG modellari) CES Innovation Award mukofotini qo‘lga kiritdi. LG SL9 premial modeli o‘z raqobatchilarini ortda qoldirib, "Eng yaxshi innovatsiya" (Best of Innovation) deb topildi. 

Foto: LG

Meridian bilan yaqindan hamkorlik qilib, LG ovoz sifatini yaxshilashda davom etmoqda. Ushbu hamkorlik umumiy funksiyalar to‘plamining odatiy sozlanishi yoki qo‘shilishidan ko‘ra ko‘proq narsani bildiradi: kompaniyalar kuchlarni birlashtirdi va tinglovchilarda chindan ham betakror taassurotlar qoldiradigan ovozni ishlab chiqdi. Joriy yilda takomillashtirilgan texnologiya yangi saundbarlar modellariga (SL10YG, SL9YG i SL8YG) joriy etilmoqda. Raqamli signallarni qayta ishlash borasidagi 25 yillik tajribasiga tayanib, Meridian Bass & Space kompaniyasi texnologiyasi ovozni yaxshilaydi va basni kuchaytiradi. Meridian kompaniyasining Image Elevation texnologiyasini joriy qilish tovush bosqichini yaxshilaydi, mavjudlik effektini kuchaytiradi va hajmli ovozni ta'minlaydi.

Foto: LG

Meridian’ning Upmix texnologiyasi ikkita tovush kanalini buzilishsiz bir nechta alohida kanallarga o‘zgartiradi, tonal muvozanatni saqlab qoladi, akustik maydonni yaxshilab, tovush effektini kuchaytiradi, hamda yetakchi asboblarning ovozi va tovushining ravshanligini oshiradi. LG 2019 yilda taqdim etayotgan lineykadagi eksklyuziv ilg‘or texnik yechimlarning birlashuvi tufayli tinglash imkoniyatlari yanada mukammalroq holga keladi.

Foto: LG

LG kompaniyasining eng zamonaviy saundbarlari (SL10, SL9 va SL8) Dolby Atmos va DTS:X ni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu taniqli texnologiyalar tufayli foydalanuvchilar hayratlanarli darajadagi hajmli ovozdan bahramand bo‘lishlari mumkin, bunda ovoz turli nuqtalardan kelayotgandek taassurot uyg‘onadi. Bundan tashqari, LG ning ayrim yangi saundbarlari yuqori o‘lchamdagi ovozlarni qo‘llab-quvvatlaydi va an'anaviy fayl formatlarining ovoz darajasini studiya sifatiga ko‘tarib beruvchi ma'lumotlarni ishlash algoritmi bilan jihozlangan.  Mavjud quvvatni kuchaytirish va ovoz detalizatsiyasini yaxshilash uchun foydalanuvchilar saundbarga simsiz orqa karnay to‘plamini (Wireless Rear Speaker Kit*)  qo‘shishi va kinoteatr effektini kuchaytirishlari mumkin.

Foto: LG

Quvvat, aniqlik va ovozning boyligi, yuqori ovoz sifati bilan bir qatorda, barcha yangi LG saundbarlari sun'iy ongga ulanish va Google Assistant ovozni tanish funksiyasini taklif etadi. Foydalanuvchilar "Ey, Gugl, ovozni balandlat" yoki "Ey, Gugl, qo‘shiq ijrochisi kim?" deya LG saundbarini boshqarishi yoki kerakli ma'lumotni olishi mumkin. Yangi saundbarlar Google Assistant bilan jihozlangan boshqa "aqlli" qurilmalar bilan muvofiqlashadi va ulangan qurilmalarni boshqarish uchun ovozli buyruqlardan foydalanish imkonini beradi. Shunchaki "Ey, Gugl, LGga havo tozalagichni yoqishini ayt", deng va o‘rningizdan turmasdan qurilmalarni boshqaring.

Foto: LG

2019 yilgi LG saundbarlari modellari yangi avlod LG OLED-televizorlari uchun mos keluvchi ixcham dizayni bilan ajralib turadi: ular bir-biriga juda mos keladi. Kengligi 57 mm bo‘lgan LG SL9  saundbari devorga o‘rnatiladi, maydonni tejaydi va uyingizning ajralmas qismiga aylanadi. O‘rnatilgan giroskop datchigi saundbar holatini aniqlaydi (devorda yoki yerda turganini) va optimal ovoz chiqishi uchun ovoz yo‘nalishini belgilaydi. O‘zining g‘ayrioddiy shakli tufayli LG SL9 saundbari 2019 yilgi CES Innovation Awards marosimida "Eng yaxshi innovatsiya" (Best of Innovation) mukofotiga sazovor bo‘ldi.

"LG ning 2019 yilgi saundbarlari Meridian Audio va sun'iy ongga ulanish funksiyasi bilan birgalikda ajoyib samaradorlikni taqdim etadi, - deydi LG Home Entertainment Company kompaniyasining audio va videotexnika biznes yo‘nalishi rahbari Kim Da-chul. - Yangi lineykamizning yuqori ovoz sifati va ko‘p funksiyali ekanligi uydagi ko‘ngil ochishni yangi darajaga olib chiqadi va ovozlarni eshitish orqali taassurotga boy hissiyotlarga bo‘lgan talabni qondiradi".

Las Vegas Convention Center dagi CES 2019 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar mukofotlarga sazovor bo‘lgan saundbarlar modellari bilan LG Central Hallda joylashgan 11100-stendda tanishishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: