Bu hafta Xitoy uchinchi sinov telekommunikatsiya sun'iy yo‘ldoshini uchirib, 2018 yilda 37-kosmik raketa parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Global Times gazetasi yozmoqda.
Xususan, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya 18 marotaba raketa uchirgan, AQShda - 34ta. Shu hafta AQSh va Xitoyda yana bittadan raketani uchirish rejalashtirilgan. Shu tariqa, Xitoy yilning oxirida kosmik raketalarni uchirish soni bo‘yicha yetakchilik qiladi, deyiladi materialda.
2018 yilda Xitoy kosmik makonni tadqiq qilish bo‘yicha xalqaro loyihalar sohasida «ergashib borayotgan» emas, balki «yetakchiga» aylandi, deydi Xitoy fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy kosmik ilmiy markaz direktori Van Chi.
Qudratli mamlakatlarning kosmosda o‘z ta'sirini kuchaytirish bo‘yicha istagini hisobga olib, Xitoy kosmik ilm hamda Yerni kuzatish kabi amaliy tadqiqotlarga ko‘proq sarmoya kiritishi kerak, deya ta'kidlaydi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda AQSh va Xitoy savdo urushi iqtisodiyotga qanday ta'sir ko‘rsatishi aytilgandi.