O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Joriy yilning noyabr oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralari 511,1 mln AQSh dollariga kamayib, 25,9 mlrd dollarni tashkil qildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari 1 dekabr holatiga 25,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Markaziy bank izohida aytilishicha, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1220,45 doll/tr.untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta'siri - 823,2 mln dollar).
O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari
mln AQSh dollarida