New York Times  tadqiqotidan so‘ng Facebook aksiyalari narxi 7,2 foizga pasaydi

Iqtisodiyot 16:13 / 20.12.2018 4547

19 dekabr kuni The New York Times gazetasida Facebook’ning foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari bilan maxfiy ishi haqidagi maqola chop etildi. Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq Netflix, Spotify, Sony, Amazon, Microsoft, Apple, «Yandeks» kabi 150 dan ortiq kompaniyaga ma'lumotlar taqdim etgan.  

Kompaniyaning o‘zida mazkur ayblovlar rad etilmoqda: Facebook vakillari ijtimoiy tarmoqning biror bir jihozi begona kompaniyalarga foydalanuvchilar ruxsatisiz ularning ma'lumotlarini uzatishmaydi. 

Maqoladan keyin kompaniya aksiyasi narxi 133,24 dollargacha pasaydi, Facebook kapitalizatsiyasi 382 milliard dollarga baholanmoqda. 2018 yil boshidan buyon ijtimoiy tarmoq aksiyalari 22 foizga arzonlashdi. 

2018 yilning martida, ya'ni Facebook’ning foydalanuvchilar ma'lumotlari ulanishi va Cambridge Analytica bilan bog‘liq mojarolarga qadar Mark Tsukerberg Bloomberg Billionaires Index reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Yangi mojarodan keyin uning moliyaviy holati 3,96 milliard dollarga qisqargan, ishbilarmonning o‘zi esa Bloomberg ro‘yxatining yettinchi pog‘onasiga pastlagan. 

Gap shundaki, The New York Times gazetasi Facebook faoliyatiga doir yangi tadqiqotni chop etgan, u kompaniyaning yuzlab ichki hujjatlari va ijtimoiy tarmoqning sobiq xodimlari va sheriklari bilan 60 dan ziyod intervyuni o‘z ichiga olgan. 

Maqolada Facebook foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarini sir tutishga bergan va'dasiga qaramay, baribir yashirin tarzda o‘nlab yirik texnologik kompaniyalar bilan ishlayotgani, ular bilan shartnomalar tuzayotgani va yopiq ma'lumotlarga kirish imkonini berayotgani haqida so‘z yuritilgan. 

Kompaniyalar Facebook foydalanuvchilarining elektron pochtasi, telefon raqamlari va boshqa ma'lumotlariga ularning ruxsatisiz  kirish imkonini qo‘lga kiritishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: