O‘zbekiston Ukraina qandolat mahsulotlari importini qayta tikladi 

Iqtisodiyot 10:18 / 18.12.2018 10617

«Ukrkondprom» uyushmasidan xabar berishlaricha, 17 dekabrdan boshlab O‘zbekiston bojxonasi Ukrainada ishlab chiqarilgan tovarlar, shu jumladan, qandolatchilik mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni to‘liq qayta tikladi.

«Shu narsani ma'lum qilmoqchimizki, O‘zbekiston bozori Ukraina shirinliklari uchun yana qayta ochildi. Eksportchilardan hozirgi vaqtda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilayotgani haqida ma'lumot oldik», - deya ma'lum qildi «Ukrkondprom» prezidenti Aleksandr Baldinyuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori Ukraina qandolat fabrikalari uchun juda muhim, ayniqsa hozir, yangi yil bayrami arafasida.

Uning qayd etishicha, bu davrda O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatining yo‘q bo‘lib qolgani Ukraina eksportchilariga sezilarli zarar yetkazishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini tiklagani xabar berilgandi.

Noyabr oyining o‘rtalaridan boshlab Ukrainadan O‘zbekistonga yuborilgan shakar va boshqa yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish to‘xtatilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: